Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Ilmiy maslahat kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Majlisda Kengash va kengash ishchi guruhlariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi muhokama qilindi.

Tadbirda universitet professor-oʻqituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar tomonidan qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotidagi muammolarni oʻrganish, tahlil qilish va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir ishlab chiqilgan axborot-tahliliy maʼlumotlar koʻrib chiqildi hamda tayyorlangan maʼlumotlar tegishli vazirlik va idoralarga ish jarayonida foydalanish uchun yuboriladigan bo‘ldi.

Shuningdek, yigʻilish qarori bilan aniqlangan muammoli masalalar boʻyicha veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarda qisqa metrajli videoroliklar, tavsiyalar va professor-oʻqituvchilar tomonidan eʼlon qilingan maqolalarni joylashtirib borish, huquq sohalari kesimida xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarini tashkil etib borish, Kengashning ishchi guruhlari tomonidan aniqlangan huquqiy muammolar yuzasidan tushuntirishlar berishga qaratilgan turli mavzulardagi qoʻllanmalar, ilmiy risola va monografiyalar tayyorlash boʻyicha reja-grafiklar tasdiqlandi.

Shuningdek, yigʻilishda kun tartibidagi har bir masala boʻyicha Kengash ishchi guruhlarining qisqacha axboroti eshitilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalari belgilab olindi.

Ma’lumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Ilmiy maslahat kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.


Hodisalar

Barcha e'lonlar