Toshkent davlat yuridik universiteti va Regensburg universiteti Yuridik fakulteti bilan hamkorlikda, DAAD ko‘magida tashkil etilayotgan til kursi TDYU talabalari (bakalavr va magistratura), A2-B1 darajasida kasbiy nemis tili bilimiga ega bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan.
TDYU talabalarini “Nemis huquqi va qiyosiy huquqshunoslik” o‘quv dasturiga tayyorlash maqsadida tashkil etilayotgan til kursida ishtirok etishni istaganlar ariza berish jarayoni haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun dastur koordinatori, yuridik fanlar doktori Manuchehr Kudratovga (manuchehr.kudratov@ur.de elektron manziliga) murojaat qilishi lozim.
Til kursida ishtirok etishni istaganlardan arizalar 27-yanvarga qadar qabul qilinadi
Ariza shaklini quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin: https://forms.gle/7ZFoVukYhrb9WuBi8
Load More Post...