“Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti ko‘magida "Ijtimoiy xavf guruhiga kiruvchi yoshlar muammolariga ko‘maklashuvchi yuridik klinika faoliyatini yo‘lga qo'yish" grant loyihasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mashg‘ulotda TDYU Yuridik klinikasining 100 nafardan ortiq amaliyotchi-talabalari ishtirok etdi.
Britaniyalik nufuzli ekspert, professor Richard Grimes tomonidan olib borilgan treningda Yuridik klinikada faoliyat yuritishning samarali usullari, fuqarolar bilan ishlash va murakkab murojatlarni hal etish bo‘yicha foydali ma’lumotlar berildi.