Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyi tomonidan matonatli o‘zbek ayoli, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist, huquqshunos olima Mamlakat Vosiqovaning 100 yilligiga bag‘ishlangan “Vatan ravnaqiga baxshida umr” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda akademik litsey o‘quvchilari tomonidan M.Vosiqova hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy va kompozitsion chiqishlar namoyish etildi. Chiqishlarda M.Vosiqovaning matonati, huquqshunoslik sohasi rivoji uchun qo‘shgan hissasi, oilaparvarligi gavdalantirildi.
Tadbir davomida M.Vosiqovaning shogirdlari va yaqinlari so‘z olib, olimaning mashaqqatli hayot yo‘li, ibratli ishlari, davlat va jamiyat rivoji yo‘lida amalga oshirgan ishlari haqida o‘quvchi-yoshlarga ma’lumot berdi.