Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “O‘zbekistonda ma’muriy-huquqiy fanlar rivojlanishi: erishilgan yutuqlar va istiqboldagi vazifalar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bilan hamkorligida tashkil etilgan anjumanda Davlat va huquq instituti rahbariyati, ilmiy xodimlari va doktorantlari, TDYU, Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari, ma’muriy huquq sohasida katta tajribaga ega mutaxassislar va talabalar ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida mavzu yuzasidan ma’ruzalar tinglanib, sohadagi yutuqlar e’tirof etildi hamda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha fikr almashildi.

Muhokamalar yakunida ishtirokchilar tomonidan yurtimizda ma’muriy huquq fanini talabalarga puxta o‘rgatish zarurligi, davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada soddalashtirish va to‘liq raqamlashtirish, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi asosida ma’muriy islohotlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslarini ishlab chiqish yuzasidan taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar