YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi arafasida tashkil etilgan tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Italiya xalqaro tashkilotlar hamjamiyati Xalqaro ta’lim bo‘yicha menejeri Korin Gratsiano, Tadqiqotlar direktori Alessandra Karuzo va tadqiqotchi Irene Falso bilan uchrashdi. Uchrashuvda mezbonlarga Samarqandda ilk bor Fransiyadan tashqarida o‘tkazilayotgan YUNESKO sessiyasining mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, madaniy meros, iqlim o‘zgarishi, barqaror rivojlanish va YUNESKO strategiyasi muhokama qilinib, SIOI xodimlariga maxsus tayyorlangan flayerlar taqdim etildi;
Muzokaralar davomida TDYU va Italiya xalqaro tashkilotlar hamjamiyati o‘rtasida ilmiy hamkorlik, geosiyosat va barqaror rivojlanish bo‘yicha memorandum imzolashga kelishib olindi.