Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU Talabalar festivalining 3-kuni tanlovlar kuniga aylandi

Toshkent davlat yuridik universitetida o‘tkazilayotgan Talabalar festivalining 3-kuni doirasida “Parlament modeli” qonunchilik loyihasi tanlovi, “Quest: step by step” intellektual-sarguzashtli ko‘rik-tanlovi va “Zukko kitobxon” intellektual tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Festivalning navbatdagi kuni “Parlament modeli” qonunchilik loyihasi tanlovi bilan boshlandi. Unda turli fakultetlardan talabalar parlament a’zosi sifatida ishtirok etib, o‘z pozitsiyalarini himoya qildi. Tanlovda ishtirokchilar o‘zlarining notiqlik mahoratini namoyish etish bilan birga fikrlarini erkin bayon etish hamda uni himoya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldi.

Toshkent hayvonot bog‘ida o‘tkazilgan “Quest: step by step” tanlovi ham adrinalinga boy bo‘ldi. Unda ishtirokchilar nafaqat aqliy, balki jismoniy mahoratlarini ham namoyish etdi. 11 ta jamoa ishtirok etgan tanlov yakunida “Stariuz” jamoasi o‘zining topqirligi va uddaburonligi bilan boshqa tengdoshlarini ortda qoldirib, marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. 2- va 3-o‘rinlar esa “F4” va “Outsiders” jamoalariga nasib etdi.

Festivalning navbatdagi kuniga “Zukko kitobxon” intellektual tanlovi yakun yasab berdi. Talabalarda jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini shakllantirish, ularda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish va bilimlarini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan tanlov o‘zbek va rus tillarida tashkil etildi. Unda 130 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi.


Hodisalar

Barcha e'lonlar