Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU “Times Higher Education World Impact Ranking — 2025” xalqaro reytingida 301-oʻrinni, xususan, SDG 5 — Gender tengligi boʻyicha 51-oʻrinni egalladi

Buyuk Britaniyaning eng nufuzli xalqaro reyting tashkiloti “Times Higher Education World Impact Ranking — 2025” natijalari e’lon qilindi. Bu yil ushbu xalqaro reytingda butun dunyodan 2 500 dan ortiq universitet ishtirok etdi. Shular orasidan Toshkent davlat yuridik universiteti jahon miqyosida 301-o‘rinni egallab, TOP-400 ro‘yxatiga kiritildi. Bu ko‘rsatkich bilan TDYU o‘tgan yilga nisbatan 100 pog‘ona ko‘tarildi.

Xalqaro reyting natijalariga ko‘ra, TDYU xalqaro miqyosda quyidagi yo‘nalishlarda yuqori ko‘rsatkichlarni egalladi:

– SDG 4 — Ta’lim sifati bo‘yicha — 301-400 o‘rin;

– SDG 5 — Gender tengligi — 51-o‘rin;

– SDG 8 — Munosib ish o‘rin va iqtisodiy o‘sish — 101-200 o‘rin;

– SDG 16 — Tinchlik, adolat va kuchli institutlar — 201-300 o‘rin;

– SDG 17 — Maqsadlar bo‘yicha hamkorlik — 201-300 o‘rin.

https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings/tashkent-state-university-law⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠

Hodisalar

Barcha e'lonlar