Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU professor-o‘qituvchilari “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida tashkil etilgan seminar-treningda ishtirok etdi

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasida xodimlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash, o‘rganish, tahlil qilish va hal etish hamda xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.

Treningda Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari, tuman, shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari, viloyatdagi korxona, muassasa, tashkilotlarning huquqshunoslari hamda inson resurslari bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.

Seminar davomida TDYU Mehnat huquqi kafedrasi mudiri Shuhrat Ismoilov, kafedra katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov tomonidan xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, sohaga oid qonunchilik, qonunbuzarliklar uchun javobgarlik bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar