Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU jamoasi Xalqaro jinoyat huquqi bo‘yicha Moot courtda ishtirok etmoqda.

Universitetimiz jamoasi mazkur nufuzli tanlovda nafaqat yurtimiz, balki Markaziy Osiyodan ishtirok etayotgan yagona jamoadir.

Niderlandiyaning Gaaga shahrida Xalqaro jinoyat huquqi bo‘yicha sud simulyatsiyasi musobaqasi (Moot court) o‘tkazilmoqda.

Xalqaro jinoyat huquqi fani doirasida tuzilgan keysga javob izlash va Xalqaro jinoyat sudi jarayonini simulyatsiya qilishga qaratilgan mazkur nufuzli musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan 88 ta jamoa ishtirok etmoqda.

Xususan, ushbu Moot courtda Umida Sherxanova rahbarligidagi Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi ham qatnashmoqda.

Talabalarimiz xalqaro jinoyat huquqi bo‘yicha tuzilgan keyslarga javob izlab, o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etmoqda.

Hodisalar

Barcha e'lonlar