Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Sening tashabbusing — sening kelajaging” shiori ostida talaba-qizlar forumi o‘tkazildi

“11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan forum doirasida namunali ko‘rgazmalar, mushoiralar, milliy liboslar namoyishi o‘tkazildi.

Forum avvalida Adliya vazirligi mutasaddi xodimlari, universitet rahbariyati, universitet Xotin-qizlar kengashi vakillari so‘zga chiqib, qizlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.

Shuningdek, tadbir davomida o‘zining ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishdagi ishtiroki, berayotgan amaliy yordami uchun qator koordinatorlar, faol talaba-qizlar va TDYU qoshidagi akademik litsey iqtidorli o‘quvchilari hamda ularning yaqinlari taqdirlandi.

Bundan tashqari, forum doirasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusidagi insholar tanlovi, “Huquqshunoslar nigohida: qalam va umid” mavzusidagi devoriy gazetalar tanlovi ham o‘tkazilib, ularning g‘olib va sovrindorlariga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Forum doirasida tashkil etilgan milliy liboslar namoyishi hamda konsert dasturi barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar