Toshkent davlat yuridik universiteti Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi dotsent v.b., PhD Alibek Matmurotov, Davlat boshqaruvi kafedrasi dotsenti, DSc Durdona Madaminova, Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Nargiza Sulaymonova, Kiber huquq kafedrasi o‘qituvchisi Javoxir Eshonqulov, Uzluksiz ta’lim boshqarmasi O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi uslubchisi Zarifa Boymurodova ilmiy-amaliy stajirovka va dars mashg‘ulotlarini o‘tash uchun Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Baxcheshehir universitetiga tashrif buyurdi.
Mazkur tashrif doirasida ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, Bahçeşehir universiteti bilan qo‘shma loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro dars mashg‘ulotlari va seminarlar tashkil etish rejalashtirilgan.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Baxcheshehir universiteti rektori, professor Dr. Esra Hatipoglu hamda Huquq fakulteti dekani,professor Dr. Emre Go‘kyayla bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki unversitet o‘rtasida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, hammualliflikda ilmiy-huquqiy maqolalar chop etish, professor-o‘qituvchilarning stajirovkalarini muntazam tashkil etib borish, Baxcheshehir universitetida TDYUning burchagini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Bunda tashqari, TDYU vakillari universitetning bir qator professorlari, xususan, professor Dr. Feridun Yenisey bilan qizg‘in uchrashuvlar o‘tkazdi.