Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Talabalarning milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan bildirgan takliflari muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat boshqaruvi kafedrasi tomonidan “Yosh qonun ijodkorlari” loyihasi doirasida tashkil etilgan davra suhbatida Parlament tadqiqotlari instituti ilmiy xodimlari, Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutida bo‘lib o‘tgan anjuman davomida talabalarning takliflari yuzasidan axborot-tahliliy ma’lumot tuzish, statistik va boshqa materiallar bilan ishlash va ularni qayta ishlash bilan bog‘liq masalalarda tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, talabalarning har bir taklifiga alohida to‘xtalib o‘tilib, qonun ijodkorligi jarayonini takomillashtirish, bu boradagi tajriba almashish sohasida amaliy hamkorlikni har tomonlama davom ettirish, bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borishga kelishib olindi.

Yakunda faol va tashabbuskor talabalarga Parlament tadqiqotlari institutining tashakkurnomalari topshirildi.


Hodisalar

Barcha e'lonlar