Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.b., professor, Dr. Islambek Rustambekov boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniyaga tashrifi doirasida London universiteti (University of London) rahbariyati bilan uchrashdi.
Uchrashuv doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida qo'shma fakultet joriy etish va London Universiteti dasturlarini o'qitish hamda ikki universitet diplomlarini berishni nazarda tituvchi shartnoma imzolandi.
Yangi o'quv yilidan ushbu dastur doirasida qabul amalga oshirish va o'qitish boshlanishi belgilandi.
Bu yoshlar uchun katta imkoniyat yaratib O'zbekistonda turib Buyuk Britaniya dasturi asosida o'qib London Universiteti diplomini qo'lga kiritish imkonini beradi.