Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi professori v.b. Sohiba Inoyatova Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ko‘magida Tokioda tashkil etilgan fuqarolik qonunchiligini takomillashtirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan seminar-treningda ishtirok etdi.
Yaponiya va O‘zbekiston fuqarolik qonunchiligini qiyosiy o‘rganish orqali milliy qonunchilikni takomillashtirish maqsadida o‘tkazilgan seminar-trening doirasida merosni qabul qilish va undan voz kechish, sud jarayonlarida yarashish, ma’naviy zararni qoplash, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish, yerdan foydalanish va uni olib qo‘yish, sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish qoidalarini ishlab chiqish kabi mavzularda ma’ruzalar o‘qildi va muhokamalar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, Yaponiya Adliya vazirligining Huquqiy tadqiqotlar va malaka oshirish instituti (RTI) hamda Tokio okrug sudiga (TDC) tanishuv tashriflari uyushtirildi.