MITSO xalqaro universitetida “Международное гуманитарное право: современные проблемы и перспективы развития” (“Xalqaro gumanitar huquq: zamonaviy muammolar va rivojlanish istiqbollari”) mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Xalqaro anjuman doirasida “Eng yaxshi esse” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Oliy o‘quv yurtlarining yuridik, iqtisodiy, ekologik va harbiy yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda ishtirokchilarga “Международное гуманитарное право: история и современность” (“Xalqaro gumanitar huquq: tarix va zamonaviylik” mavzusida esse yozish berilgan edi.
Tanlovda Belorus Respublikasi oliy ta’lim muassasalaridan tashqari Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston universitetlari talabalaridan jami 31 ta ijodiy ish qabul qilindi.
Ushbu tanlovda TDYU Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchisi Shohruhbek Tillaboyev ilmiy rahbarligida ishtirok etgan universitetimizning 3-bosqich talabasi Vazira Ergashova “Роль международных организаций в гарантировании соблюдения норм международного гуманитарного права” (“Xalqaro gumanitar huquq normalariga rioya etilishini kafolatlashda xalqaro tashkilotlarning roli”) mavzusidagi essesi bilan 3-o‘rinni egalladi.