Niderlandiya qirolligining Gaaga shahrida “International Criminal Law Moot Court Competition — 2024” Xalqaro jinoyat sudi simulyatsiyasi tanlovining xalqaro raundlari bo‘lib o‘tmoqda.
Nufuzli tanlovda 55 mamlakatdan 114 ta jamoa g‘oliblik uchun bellashmoqda.
Xalqaro tanlovda TDYU dekani Dildora Umarxonova va Shahnoza Almosova murabbiyligida Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi ham ishtirok etmoqda va universitet jamoasi tarkibidan Gulruhsorabegim Abdusaidova, Muyassarxon Abdumannabova va Shavkatbek Omonov o‘rin olgan.