Ayni paytda Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida armrestling bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
Mazkur nufuzli musobaqada Toshkent davlat yuridik universiteti “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi mudiri Dmitriy Dokuchayev ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 80 kggacha bo‘lgan sportchilar orasida har ikki qo‘lda tengsiz deb topildi hamda mamlakatimiz terma jamoasi hisobiga 2 ta oltin medalni yozdirib qo‘ydi.
TDYU jamoasi D.Dokuchayevni ushbu g‘alaba bilan samimiy muborakbod etadi.