Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti Hayitjon Turdiyev O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Gruziya Adliya vazirligi vakillari o‘rtasidagi uchrashuvda ishtirok etdi.
Norma ijodkorligi sohasidagi Gruziya tajribasini o‘rganishga bag‘ishlangan uchrashuvda Gruziya Adliya vazirligi Norma ijodkorligi departamenti va Yevropa Ittifoqi qonunchiligi departamenti vakillari o‘zbekistonlik hamkasblariga o‘z faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.