Xabaringiz bor, ayni paytda Toshkent davlat yuridik universiteti Tashkiliy-nazorat va strategik rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i Durbek Mahkamov, Xalqaro boshqarma bosh mutaxassisi Bobur Uzakov, “Fuqarolik huquqi” kafedrasi mudiri Nurillo Imomov va kafedra professori Qambariddin Mehmonov Polshaning Gdansk universiteti stajirovka o‘tamoqda.
Stajirovka davomida universitetimiz vakillari mazkur oliy ta’lim muassasasida akademik mobillik asosida tahsil olayotgan TDYU talabalari bilan uchrashdi.
Davra suhbati tarzida tashkil etilgan uchrashuvda Gdansk universitetidagi o‘quv va ta’lim jarayoni, mazkur universitetdagi o‘qitish tizimining o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuv yakunida Gdansk universiteti kampusi bo‘ylab sayohat tashkil etildi.