Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Xalqaro anjumanda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda “yashil iqlim”ning o‘rni va ahamiyati bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Ekologiya huquqi” kafedrasi tashabbusi bilan “Yashil iqlim” va oziq-ovqat mahsulotining sifati hamda xavfsizligini ta’minlashning huquqiy masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputatlari, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi agentligi, Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi mutaxassis va xodimlari, AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Polsha, Qozog‘iston, Tojikiston davlatlarining oliy ta’lim muassalari, O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Jamoat xavfsizligi universiteti, Bojxona instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat agrar unversiteti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Termiz davlat universiteti hamda Toshkent davlat yuridik universitetining professor-o‘qituvchilari, doktorant va mustaqil izlanuvchilari ishtirok etdi.

Anjumanda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda “yashil iqlim”ning o‘rni va roli, “yashil iqlim”ni ta’minlashda iqlim tahdidlarining oldini olish va ular oqibatlarini yumshatish, O‘zbekiston Respublikasi iqlim qonunchiligining hozirgi holati va rivojlanishi, “yashil iqlim” va uni moliyalashtirishning ilmiy-huquqiy asoslari, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda xalqaro tashkilotlarning faoliyati, mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi qonunchilik holati va rivojlantirish istiqbollari, “yashil iqtisodiyot”ning iqlim o‘zgarishiga ijobiy ta’siri, “yashil iqlim”ni ta’minlashda “yashil energiya”ga o‘tishning ahamiyati, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlashda sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyenik normativlarga rioya qilishning huquqiy ahamiyati kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, “yashil iqlim” va oziq-ovqat sifati va xavfsizligini ta’minlashda xorijiy davlatlar tajribasi (Yevropa Ittifoqi, AQSH, MDH davlatlari misolida) haqida ma’lumot berildi.

Xalqaro konferensiya davomida barqaror rivojlanish sharoitida “yashil iqlim” hamda oziq-ovqat sifati va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

FOTOlar...⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠

Hodisalar

Barcha e'lonlar