Toshkent davlat yuridik universiteti “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi tashabbusi bilan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni ilgari surish” dasturi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mashg‘ulotni Berlin shahri ma’muriy sudi sudyasi Shtefan Groskurt olib bordi.
“Ma’muriy huquq/Ma’muriy sud ish yurituvi” fani doirasida tashkil etilgan mahorat darsida ishtirokchilar “Ma’muriy huquq” va bu bo‘yicha Germaniya tajribasi borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.