N.I.Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod davlat universitetida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlarning yosh olimlari ishtirokida “Наука без границ” xalqaro forumi o‘tkazildi.
Rossiya fanlar akademiyasining 300 yilligiga bag‘ishlangan forumda MDHning to‘qqiz mamlakati hamda qator xorijiy mamlakatlardan 384 nafar yosh olim, shu jumladan, TDYU “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi o‘qituvchisi Nodira Allaberganova ham ishtirok etdi.