Ushbu munozaralarga talabalar 30 nafar universitet professor-o‘qituvchilari ko‘magida tayyorgarlik ko‘rdi. Ular ishtirokchilarning qobiliyatlarini baholab, jamoatchilik oldida nutq so‘zlash, hayajonni yo‘qotish, muloqotga kirishish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha foydali tavsiyalarni berdi.
Bundan tashqari, 12 jamoa a’zolari chempionatning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
Munozara yakunida g‘oliblar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.