Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi

Toshkent davlat yuridik universitetida “Konstitutsiyaviy oʻzgarishlar — olimlar nigohida” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlashga masʼul boʻlgan Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari qoʻmitalari tomonidan tashkil etilgan anjumanda “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar konstitutsiyaviy huquq sohasining olimlari va yosh tadqiqotchilar tomonidan muhokama qilindi.

Anjumanda TDYU “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori, professor Ixtiyor Bekov soʻz olib, Oliy Majlis faoliyatini isloh qilishda har ikki palataning konstitutsiyaviy vakolatlarida takrorlanishlarni bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi.

Uning fikricha, parlamentning quyi palatasi “siyosiylashgan” palata hisoblanib, siyosiy partiyalar fraksiyalari uchun siyosiy maydon hisoblanadi va aksariyat davlatlarda hukumatni shakllantirish va uning faoliyatini nazorat qilish bevosita quyi palataning vakolatiga kiradi. Shuningdek, yuqori palata asosan hududlar manfaatini himoya qilish, mahalliy hokimiyat organlari manfaatlarini ifodalash, tashqi siyosat, huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat va maxsus xizmat idoralari faoliyatini nazorat qilishga yoʻnaltirilgan.

Ixtiyor Bekov Konstitutsiya loyihasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining vakolat va masʼuliyat sohalarini aniq chegaralashni taklif etdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar