Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Dildora Kamalova va Bobur Otaboyev “Кадровое обеспечение национальных систем ПОД/ФТ” mavzusidagi forumda ishtirok etdi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoiy odil sudlov” fakulteti dekani Dildora Kamalova va “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi o‘qituvchisi Bobur Otaboyev jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida Xalqaro tarmoq instituti o‘qituvchilari malakasini oshirish uchun tashkil etilgan o‘quv kurslarida ishtirok etdi.

“Кадровое обеспечение национальных систем ПОД/ФТ” mavzusidagi forum doirasida milliy tizimlarni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida kadrlar bilan ta‘minlash tashkil etilgan kurslar yakunida ishtirokchilar imtihon toshirishdi va malaka oshirish kursini tamomlagani haqida guvohnoma berildi.

Shuningdek, universitet delegatsiyasi Moliyaviy monitoring bo‘yicha xalqaro ilmiy-metodologik markazi (MUMSFM) tomonidan Rossiya Fanlar Akademiyasi P.N. Lebedev nomidagi Fizika instituti negizida tashkil etilgan Xalqaro tarmoq instituti kengashining 18-yig‘ilishida ham ishtirok etdi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar