21-mart — Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan sayil doirasida “Osh chempionati”, “Navro‘zona dasturxon bezagi”, “Milliy urf-odatlar tarannumi” va “Milliy liboslar tarannumi” tanlovlari tashkil etildi.
Bayram dasturidan joy olgan ko‘ngilochar dasturlar, raqs va kuy-qo‘shiqlar, milly urf-odatlar asosida tayyorlangan bayram dasturxoni hamda turli tanlovlar ishtirokchilarga bahoriy kayfiyat ulashdi.
Sayil davomida bayram munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovlarning g‘oliblari munosib rag‘batlantirildi.