Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

«Eng iqtidorli o‘quvchi» va «Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi» tanlovlarining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.Vosiqova nomli akademik litsey o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan «Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi» hamda yuridik texnikumlar o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan «Eng iqtidorli o‘quvchi» tanlovlarining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda hududiy bosqichlarda yuqori natijalarni qayd etgan va hududiy tanlov hakamlari hay’atining yakuniy xulosalariga ko‘ra tavsiya etilgan ishtirokchilar g‘oliblik uchun bellashdi.

«Eng iqtidorli o‘quvchi» tanlovining respublika bosqichida ishtirokchilar tanishtiruv, muammoli vaziyatga yechim topish, taqdim etilgan hujjatlar tahlili va xorijiy tillarni bilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdi.

«Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi» tanlovi ham qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi. Unda pedagoglarning huquqiy bilimlari, pedagogik salohiyati, notiqlik mahorati sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, ishtirokchilar turli huquqiy muammolarga o‘zlarining takliflarini ham bildirdi.

Jarayonda o‘qituvchilar tomonidan bajarilgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi.

Tanlovlarda ishtirokchilar Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston davlat va san’at madaniyati instituti, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining vakillaridan iborat hakamlar hay’atlari tomonidan baholab borildi.

Tanlovlar yakunida 1–3-o‘rinlarning egalari va qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Quyida natijalar bilan tanishingiz mumkin.

«Eng iqtidorli o‘quvchi» tanlovi:
1-o‘rin — Mohira Matkarimova, Toshkent shahar yuridik texnikumi o‘quvchisi;
2-o‘rin — Dildora Panjiyeva, Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi;
3-o‘rin — Iroda Ozodova, Xorazm viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi.

«Eng ilg‘or o‘quvchi» — Oydinoy Farohiddinova, Andijon viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi;
«Eng zukko o‘quvchi» — Dilnoza Ergasheva, Jizzax viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi;
«Eng tashabbuskor o‘quvchi» — Barkamol Nusratillayev, Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi.

«Eng iqtidorli o‘quvchi» tanlovi g‘oliblari mos ravishda darajali diplom, 3000000 so‘m, 2400000 so‘m va 1500000 so‘m miqdoridagi pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

«Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi» tanlovi:
1-o‘rin — Feruza Usmonova, Namangan viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi;
2-o‘rin — Iroda Jumaniyoza, Xorazm viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi;
3-o‘rin — Sherzod Yo‘ldoshev, Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi.

«Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi» tanlovi g‘oliblari mos ravishda darajali diplom, 10000000 so‘m, 7500000 so‘m va 5000000 so‘m miqdoridagi pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, ikkala tanlovning barcha ishtirokchilarga Adliya vazirligining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar