— Xususan, mahallalarning pasporti shakllantirilib, yoshlarga oid ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hududda 5696 nafar yigit-qiz istiqomat qilayotgan bo‘lsa, ularning 20 nafari “Temir daftar”ga, 20 nafari “Yoshlar daftari”ga, 106 nafari “Ayollar daftari”ga kiritilgan.
— Mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda yoshlarning san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitobxonlik, ilm-fan, tadbirkorlikka keng jalb etish, qiziqishini oshirish va bu borada zarur ko‘nikmalarni berish maqsadida 20 dan ortiq reja-grafik tasdiqlandi.
— Mahallalarda universitet xodimlari va professor-o‘qituvchilar tomonidan uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash va munosib sharoitlar yaratish maqsadida qator loyihalar amaliyotga tatbiq etilmoqda.
— “Islomobod”, “Firdavsiy”, “Ustashirin” mahallalarida yoshlar uchun 6 ta tadbirkorlik kurslari tashkil etildi.
— Kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj 56 ta oila holidan xabar olinib, ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy texnika vositalari va ularning farzandlari uchun zarur konselyariya mahsulotlari va o‘yinchoqlar taqdim etildi.
— Mahallalardagi o‘rganishlar mobaynida yoshlar tomonidan bildirilgan 45 ta murojaatning 23 tasi ijobiy hal etildi.
— 9 ta mahallaning barchasida ingliz tili kurslarini tashkil etilmoqda.
— Barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari binolarida yoshlar uchun Wi-Fi zonalarini tashkil etildi.
— Uyushmagan yoshlar ro‘yxatiga kiritilgan 16 nafar yigit-qiz bilan alohida muloqotlar tashkil etilib, hozirga qadar ularning 9 nafariga moddiy va amaliy yordam ko‘rsatildi.
— Fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni o‘ylantirayotgan huquqiy masalalarga yechim topish hamda amaliy-huquqiy ko‘mak berish maqsadida universitet Yuridik klinikasining sayyor qabullarini tashkil etish bo‘yicha reja-grafik tasdiqlandi va tegishli huquqiy maslahatlar berish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
— 3 ta mahalla fuqarolar yig‘inida turli sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, g‘oliblar munosib rag‘batlantirildi. Shuningdek, barcha mahallalarda futbol jamoalarini shakllantirib, ular o‘rtasida “Rektor kubogi” musobaqalarini tashkil etish rejalashtirilgan.
— Mahalla yoshlarining sport bilan shug‘ullanishi uchun keng imkoniyat yaratish maqsadida ularning universitet sport majmuasidan foydalanishi uchun reja-grafiklar tasdiqlandi.
— Yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida mahallalarda “Toshkent davlat yuridik universiteti kutubxonalari” tashkil etildi. Mazkur kutubxonalarga ikki mingga yaqin yuridik va badiiy adabiyotlar taqdim etildi.