Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining 2021/2022-o‘quv yili uchun respublika oliy ta'lim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini (Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov, To‘lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov) tayinlash to‘g‘risidagi buyrug‘i e’lon qilindi.
Buyruqqa ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universiteti “Ommaviy huquq” fakulteti 3-bosqich talabasi Farangiz Eshturdiyeva hamda “Xususiy huquq” fakulteti 4-bosqich talabasi Mushtariybegim Rashidova O‘zbekiston Respublikasi Navoiy nomidagi davlat stipendiyasiga, “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti 3-bosqich talabasi Munisa Rayimova O‘zbekiston Respublikasi Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.