Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU va Sergeli tumanidagi 26 ta maktab o‘rtasida memorandumlar imzolanib,  “Yo‘l xaritalari” tasdiqlandi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori A.Tashkulov, xalqaro hamkorlik va uzluksiz ta’lim bo‘yicha prorektor D.Umarov, Sergeli tumani xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i Avazjon Mamadjanov, dekanlar, kafedra mudirlari, maktablarning direktorlari va o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 7-apreldagi 08-942-son topshirigʻiga muvofiq Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 26 ta umumtaʼlim maktabi taʼlim sifati va oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda ularni metodik jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universitetiga biriktirilgan.

Mazkur memorandum Sergeli tumanidagi maktablarda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni maktabdanoq oliy ta’limga tayyorlash, pedagoglarning bilim va mahoratini yanada rivojlantirish uchun muhim asos bo‘ladi.

Shu bilan birga tadbir davomida TDYU, Sergeli tumani xalq ta’limi bo‘limi va Sergeli tumanidagi maktablar o‘rtasida “Yo‘l xaritalari” ham tasdiqlandi.

Ushbu “Yo‘l xaritalari” aynan mazkur maktablardagi holat, o‘quvchi va o‘qituvchilarning fikri va takliflari, ta’lim muassasalarida uchrayotgan muammo va kamchiliklar asosida qator vazifalar belgilangan bo‘lib, bu omil hamkor maktablarni yanada rivojlantirish va ulardagi masalalarga ijobiy yechim topish uchun ilk qadamdir. Chunki hujjatlarda maktablar bilan tanishish va foliyatini oʻrganish, ulardagi taʼlim sifatini oshirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, turli maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni rivojlantirish hamda o‘quvchilarni oliy taʼlim muassasalari va mehnat bozorida kasblar bilan tanishtirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar belgilangan. Maktabda oʻqitiladigan fanlar kesimi asosida oʻqituvchilarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish va tegishli tavsiyalar berish, oʻqituvchilar tomonidan olib borilayotgan dars mashgʻulotlarini davriy monitoring qilish, huquq va ingliz tili fanlari oʻqituvchilarini malakasini oshirish, dars mashgʻulotlariga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash yuzasidan yetuk professorlar tomonidan ochiq maʼruza va uchrashuv, davra suhbatlari, mahorat darslarini tashkil etis, oʻquvchilarni kundalik hayotda eng zarur boʻlgan huquqiy bilimlarni interaktiv usullar orqali oʻqitishga qaratilgan “Street Law” loyihasi bilan tanishtirish va dars jarayonlarini olib borish, mamlakatimizda mavjud oliy taʼlim muassasalari va qoʻshma dasturlar haqida maʼlumot berishga qaratilgan uchrashuvlarni tashkil etish, o‘g‘il-qizlarning kitobga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida kitob yarmarkalarini tashkil etish shular jumlasidandir.

Mazkur “Yoʻl xaritalari”da belgilangan vazifalar maktablarning mavqeini oshirish, pedagoglarining kasbiy mahorati va salohiyatini yuksaltirish, dars mashg‘ulotlarini interaktiv usullar bilan innovatsion texnologiyalar asosida olib borilishini tashkil etish, o‘quvchilarning zamonaviy bilim olishlari uchun yetarli sharoitlarni yaratish, maktab bitiruvchilarini oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichini ko‘tarish hamda yoshlarni o‘z iqtidori va salohiyatini namoyon etishi uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, turli tanlov va loyihalar amalga oshirishga xizmat qiladi.

image widget
Hodisalar

Barcha e'lonlar