Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

MUNOSABAT

TDYU talabalarining “Humo arena” saroyida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionati tomoshalariga majburiy jalb qilingani haqidagi postga 

MUNOSABAT

“Humo arena” saroyida mamlakatimiz mezbonligida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionati musobaqalarida talabalarning tomoshabin sifatida ishtirok etishi yuzasidan universitetning fakultet kanallarida tegishli e’lonlar berildi (e’lon matni ilova qilinadi). Jumladan, unda talabalar dars mashg‘ulotlaridan keyin, kursdosh va tengdoshlari bilan birgalikda ushbu musobaqada bepul ishtirok etib, madaniy hordiq chiqarishi mumkinligi ma’lum qilingan.

Ushbu madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar tadbirga talabalar ixtiyoriy va o‘z xohish-istaklari bilan ishtirok etishi uchun universitetning avtobusida qatnov ham tashkil etildi.

“Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti tyutorining e’tiborsizligi sababli yuqoridagi e’lon matnidan farqli ravishda o‘ziga biriktirilgan talabalar telegram guruhida musobaqa tomoshasiga barcha talabalarning borishi so‘ralib, ishi borlar guruh sardorlari orqali xabar berishi mumkinligi bayon etilgan (ma’lumot uchun: ushbu guruhning dars mashg‘ulotlari 13:30 da boshlanishi sababli ular 09:30 da musobaqaga chaqirilgan).

Bu esa 2-kurs talabalarida musobaqada majburan ishtirok etishi kerakligi to‘g‘risida tushunchani shakllantirgan.

Lekin ijtimoiy tarmoqda mazkur holat o‘zgacha yozilib, guruhning dars mashg‘ulotlari kunning birinchi yoki ikkinchi yarmida ekaniga aniqlik kiritilmay, go‘yoki talabalar majburan olib borilayotgandek talqin qilingan.

Shunday bo‘lsa-da, kelgusida bunday holatlar yuzasidan talabalarda noto‘g‘ri tushuncha shakllanmasligi uchun tyutorlar hamda boshqa mas’ullarga qat’iy ogohlantirish va tushuntirish ishlari olib borildi.

Universitet rahbariyati talabalarni dars mashg‘ulotlaridan olib, turli tadbirlarga jalb qilinishini qat’iy qoralaydi va bunga yo‘l qo‘ymaydi.

Yuqoridagilarga asosan, universitet ma’muriyati hurmatli bloger va universitet faoliyatiga qiziquvchi fuqarolarni ta’lim jarayonida yuzaga kelayotgan har qanday muammoli masalani huquqiy makonda birgalikda hal etishga chaqiradi.

 

Toshkent davlat yuridik universiteti
Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Hodisalar

Barcha e'lonlar