Pokiston Islom Respublikasi Mustaqilligining 75 yilligi hamda Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 30 yilligi munosabati bilan “Pokistonniing kashf etilishi – tinchlik, farovonlik va aloqalar zamini” mavzusidagi insholar tanlovi e'lon qilingan edi.
Unda “Xususiy huquq fakulteti” fakulteti 1-bosqich talabasi Mansurova Shoxsanam Ixtiyor qizi munosib ishtirok etib
1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Joriy yilning 14-avgust kuni Pokistonning Toshkentdagi elchixonasi binosida Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Gillani Sayid Ali Asad tomonidan sertifikat va qimmat baho sovg’alar bilan taqdirlandi.
Universitet jamoasi ushbu talabani munosib yutug‘i bilan tabriklaydi va kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaydi.