Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Yosh mentorlar uchun yozgi oromgoh tashkil etildi

Xabaringiz bor, TDYU Talabalar Assotsiatsiyasi tomonidan yangi “Yosh mentorlar jamoasi” loyihasi yo‘lga qo‘yildi.

TDYU Talabalar Assotsiatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligidagi yuqori kurs talabalari hamda bilimli talabalar tomonidan birinchi bosqich hamda o‘zlashtirish darachasi past bo‘lgan talabalarga ularning rivojlanishi uchun ko‘mak berish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan loyiha doirasida yosh mentorlardan iborat jamoa shaklantirildi.

Joriy yilning 20–25-avgust kunlari yosh mentorlar uchun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida yozgi oromgoh tashkil etildi.

Yozgi oromgoh doirasida ishtirokchilar uchun malakali mutaxassislar tomonidan mahorat darslari, amaliy mashg‘ulotlar, seminar-treninglar va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi.

Yosh mentorlarga jamoa bilan ishlash, liderlik qobiliyatini rivojlantirish, liderlarga xos bo‘lgan etika qoidalari haqida foydalai ma’lumotlar berildi.

Ma’lumot uchun: TDYU Talabalar Assotsiatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligidagi yo‘lga qo‘yilgan “Yosh mentorlar jamoasi” loyihasi doirasida mentorlar uchun doimiy ravishda quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
- Muvaffaqqiyatli CV;
- Rahbariyat tomonidan tavsifnoma olish;
- Universitet tomonidan berilgan imtiyozlardan foydalanish;
- Tog‘ bag‘ridagi oromgohda tashkil etiladigan maxsus tayyorlov kursida ishtirok etish.

media widget
Hodisalar

Barcha e'lonlar