Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“UJOLS Grant — 2022” grantlar tanloviga start berildi

“UJOLS GRANT” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi  “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida UJOLS (Uzbek Journal of Legal Studiyes) hamda Toshkent davlat yuridik universitetining “Xususiy huquq” fakulteti hamkorligida yaratilgan ilk xususiy grantdir.

Toshkent davlat yuridik universitetida yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan kadrlarni tayyorlash, iqtidorli talabalarni munosib rag‘batlantirishga qaratilgan mazkur grant O‘zbekistondagi sud-huquq islohotlar haqida ingliz tilidagi blogpostlar orqali dunyoga ma’lumot berishni maqsad qilgan.

Grantni yutish uchun talabgorlar 2022-yil 1-martdan 1-dekabrga qadar ingliz tilida 1000-1500 so‘zdan iborat tahliliy maqolalar ko‘rinishidagi blogpostlar yozib, www.uzbekistanlawblog.com saytida e’lon qilishi kerak.

Ushbu saytda mamlakatimizdagi sud-huquq islohotlari haqida eng ko‘p blogpost e’lon qilgan talabalar, magistrlar, doktorant va tadqiqotchilar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi:

Nominatsiya-1. Bakalavriat va magistratura talabalari:
1-o‘rin — 12 million so‘m;
2-o‘rin — 6 million so‘m;
3-o‘rin — 3 million so‘m.

Nominatsiya-2. Doktorant va tadqiqotchilar:
1-o‘rin — planshet (3 million so‘m);
2-o‘rin — kitoblar majmuasi (2 million so‘m);
3-o‘rin — grammarly subscription (1,2 million so‘m).

Shuningdek, ishtirokchilar “Eng yaxshi ayol muallif”, “Qonunchilik tahlilini amalga oshirgan eng yaxshi blogpost”, “Sud amaliyotining tahlilini amalga oshirgan eng yaxshi blogpost” va “Uzbekiston Law Blogning Linkedindagi sahifasida eng ko‘p savollar va mazmunli izohlarga ega bo‘lgan blogpost” qo‘shimcha nominatsiyalari bo‘yicha mukofotlanadi.

Grant g‘olib va sovrindori bo‘lishni istaganlar kamida 2 oyda bitta blogpostni e’lon qilishi va uning mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratishi kerak.

Uzbekistan Law blogida blogpostlarni qanday e’lon qilinadi?

Uzbekistan Law blogi O‘zbekitonda ingliz tilida ilk bor tashkil etilgan onlayn va mustaqil huquq blogi hisoblanadi.

Sayt uchun blogpostlarni yuborish hamda tanlab olingan materiallarni e’lon qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda talabalar tomonidan tayyorlangan blogpostlar “Xususiy huquq” fakultetning jamoasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Ikkinchi bosqichda UJOLS tahririyati tomonidan eng yaxshi blogpostlar saralab olinadi.

Ikki bosqichli ekspertizadan muvaffaqiyatli o‘tgan blogpostlar www.uzbekistanlawblog.com saytida e’lon qilinadi.

“UJOLS GRANT”ni tashkil etish hamda Uzbekistan Law blogi faoliyatini jahon standardlari darajasida asosida yuritish jarayoniga TDYU professor-o‘qituvchilari, xususiy yuridik firmalarning advokatlari, Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti, Kinjo gakuin universiteti, Osaka universiteti, Nagoya universiteti kabi nufuzli oliy ta’lim muassasalarining vatandosh professorlari va doktorantlari jalb etiladi.