Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“TSUL AFLD Contest” – “Ma’muriy huquq” fanidan o‘tkazilayotgan respublika olimpiadasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi tashabbusi bilan “17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni”ga bag‘ishlab tashkil etilayotgan olimpiadada TDYU va JIDU, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, SamDU, TerDU, NamDU, QorDU “yurisprudensiya” yo‘nalishining bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari, Adliya vazirligi yuridik texnikumlari va TDYU huzuridagi akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.

Ikki bosqichda o‘tkaziladigan olimpiadada talaba va o‘quvchilar test topshiriqlarini yechish va muammoli vaziyatlar (kazuslar)ni tahlil qilish orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadi.

Olimpiada g‘olib va sovrindorlari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

O‘zbek va rus tillarida bo‘lib o‘tadigan bilimlar bellashuvida ishtirok etishni istaganlar 1-noyabrga qadar quyidagi link orqali roʻyxatdan oʻtishi kerak: https://forms.gle/Vi6ymyAZZw4x5kHa6

Belgilangan muddatdan keyin topshirilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Olimpiada 19-noyabr 10:00 da Toshkent davlat yuridik universitetida boshlanadi.

Mazkur olimpiada Toshkent shahrida o‘tkazilayotgani sababli transport va turar joy bilan bog‘liq xarajatlar ishtirokchilarning o‘zi tomonidan qoplanadi.

Olimpiada haqida batafsil ma’lumotlarni “Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step” (@admfin) telegram kanali orqali olish mumkin.