Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan turli tadbir va loyihalar, mahorat va sayyor darslar dayjesti


Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining monitoring va ichki nazorat, devonxona va arxivlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun masofaviy seminar-treninglar tashkil etildi.

Yuridik texnikumlarda tashkil etilgan seminar-treninglar TDYUning malakali mutaxassislari tomonidan olib borildi.

Mashg‘ulotlarda ijro intizomini mustahkamlashning tashkiliy-huquqiy asoslari va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, innovatsion texologiyalar asosida joriy etilgan “av.ijro.uz” elektron hujjat almashinuvi tizimi bilan ishlash, unga ma’lumot kiritish va nazoratdan chiqarish tartibi, o‘quv mashg‘ulotlarida devonxonada ish yuritish, “app.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali hujjat yaratish, kelishish va imzolash tartibi xususida ma’lumot berildi. 



Mehnat huquqi kafedrasi o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov tomonidan Qishloq qurilish bank yuridik xizmat xodimlari uchun "Mehnat shartnomasini bekor qilish" mavzusida o‘quv seminari o‘tildi.



“Fuqarolik protsessual huquqi” modulidan “Mehnat va uy-joyga oid nizolarni sudda ko‘rishning protsessual xususiyatlari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kursi tinglovchilarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unligini taʼminlash maqsadida o‘tkazilgan mashg‘ulotni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyalari N.Xakimova va M.Zakirova olib bordi.



Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod va Shayxontohur tumanlararo sudlarida sayyor mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun “Fuqarolik protsessual huquqi” modulidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudi raisi Begzod Sagatov, Shayxontoxur tumanlararo sudi raisi Muqaddas G‘ulomova va boshqa sudyalar tomonidan olib borildi.



Xorijiy ekspertlar ishtirokida xalqaro ilmiy-amaliy davra suhbati o‘tkazildi

TDYU “Maʼmuriy va moliya huquqi” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda GIZning “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni ilgari surish” dasturining O‘zbekistondagi rahbari K.Kore-Perkone, GIZning Qirg‘iziston Respublikasidagi “Huquq ustuvorligi dasturi” eksperti Aleksandru Tanase, GIZning Qirg‘iziston Respublikasidagi “Huquq ustuvorligi dasturi” rahbari o‘rinbosari Viktor Kessler, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida xorijiy ekspertlar va professor-o‘qituvchilar taʼlim jarayonini tashkil etish, fanlarni o‘qitish borasida xalqaro va TDYU tajribasi xususida fikr almashdi. 



TDYU “Biznes huquqi” kafedrasi tomonidan “Korporativ nizolarni hal etishda moddiy va protsessual normalarni qo‘llash masalalari” mavzusidagi respublika davra suhbati tashkil etildi.                                          

Anjumanda Toshkent shahar iqtisodiy sudi raisi o‘rinbosari, Sudyalar oliy maktabi va universitet professor-o‘qituvchilari, amaliyotchi yuristlar ishtirok etdi.



Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram


Horizontal line

Hodisalar

Barcha e'lonlar