Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU Times Higher Education World University Rankings — 2023 xalqaro reytingida e’tirof etildi

Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education tomonidan “World University Rankings — 2023” reyting natijalari e’lon qilindi.

Dunyodagi oliy ta’lim muassasalarini tadqiqot, ta’lim sifati, xalqaro xilma-xillik, iqtiboslik va sanoat daromadi (bilimlar almashish) bo‘yicha baholovchi ushbu reytingda joriy yilda 104 ta davlatdan 1799 ta universitet qayd etilgan. Reytingda nomlari ko‘rsatilgan oliy ta’lim muassasalarining 526 tasi “Reporter”, ya’ni da’vogar universitetlar nominatsiyasiga ega bo‘ldi.

Mazkur xalqaro reytingda Toshkent davlat yuridik universiteti ham “Reporter” sifatida qayd etildi.

Ro‘yxatda “Reporter” sifatida qayd etilgan ta’lim muassasalari THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tan olinib, Times Higher Education tomonidan mazkur yo‘nalishda ularga yaqindan yordam berilishi ma’lum qilindi.