Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda Boʻritosh Mustafoyev nomidagi oʻquv xonasi ochildi

Toshkent davlat yuridik universitetida Mustafoyev Boʻritosh Mustafoyevich nomidagi oʻquv xonasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

"Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura" kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar assotsiatsiyasi, Prokuratura organlari faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash jamoatchilik markazi rahbariyati va faxriylari, Toshkent davlat yuridik universiteti Faxriylar kengashi aʼzolari, professor-oʻqituvchilar, talabalar hamda Boʻritosh Mustafoyevning oila aʼzolari, shogirdlari ishtirok etdi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, B.Mustafoyev hayotda oʻta samimiy va kamtarin inson boʻlib, adolatparvarlik, rostgoʻylik va talabchanlik fazilatlarni faoliyatining asosiy mezoni deb bilgan. U katta hayotiy tajriba va chuqur bilimga ega huquqshunos sifatida mamlakat miqyosida koʻplab yoshlarga huquqshunos kasbining sir-asrorlarini mukammal egallashi, hayotda oʻz oʻrтini topishida yaqindan koʻmak berib kelgan. Shu bois koʻplab yoshlar B.Mustafoyevni fidoyi ustoz va samimiy inson sifatida alohida hurmat bilan tilga oladi.

B.Mustafoyev prokuratura organlarida uzoq yillik samarali faoliyati, qonun ustuvorligini taʼminlashda va huquqiy targʻibotga qoʻshgan munosib hissasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 27-maydagi Farmoniga asosan “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist” faxriy unvoni bilan, huquq tartibotni taʼminlashdagi katta xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 30-avgustdagi Farmoniga koʻra II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi Farmoniga asosan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.