Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU hamkori bo‘lgan Nagoya iqtisodiyot universiteti (NUE) 2-3-bosqich talabalari uchun akademik almashinuv dasturini e’lon qildi

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan GPA 80% dan kam bo‘lmasligi va yapon tilini bilishi talab qilinadi.

Xorijiy oliy ta’lim muassasasida talabalar almashinuv dasturi bo‘yicha o‘qishni istagan TDYU talabalari quyidagi hujjatlarni 25-oktabrgacha TDYU Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga taqdim etishi lozim:
– akademik transkipt nusxasi.
– xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi.
– yapon tilini bilish sertifikati.
– boshqa sertifikatlar.

Shunigdek, akdemik almashinuv dasturida tahsil olishni istagan talabalardan JLTP (yapon tilini bilish testi) darajasi N2 yoki undan yuqori bo‘lishi hamda Nagoya iqtisodiyot universiteti va Yaponiya hukumati tomonidan belgilangan qonun-qoidalarga rioya etishi talab etiladi.

Loyiha 1 semestr (2023-yil aprel-avgust) yoki 2 semestr (2023-yil aprel — 2024-yil fevral) davomida hamkor xorijiy universitetda to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari) ni qoplaydi.