Toshkent davlat yuridik universiteti xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutiga tashrif buyurdi.
TDYU Fuqaro muhofazasi va mehnatni muhofazasi bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan tashrif davomida ishtirokchilar Favqulodda simulyatsiya markazi faoliyati, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘in va zilzilalarni simulyatsiya qilish uchun jihozlangan xonalar bilan tanishdi.
Shuningdek, tashrif doirasida TDYU xodimlari uchun ko‘rgazmali darslar o‘tkazilib, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.