Toshkent davlat yuridik universiteti Axborot-resurs markazida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni ilgari surish” dasturi va “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi bilan hamkorligida nashr etilgan “Финансовое право Республики Узбекистан” darsligining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda GIZning “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni ilgari surish” dasturi rahbari Yorg Pudelka, loyiha kordinatori Sanjar Nazarov, “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi mudiri Sardor Yusupov va universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Marosim davomida hamkorlikni davom ettirish va birgalikda “Ma’muriy moliya” darsligini chop etish masalalari muhokama qilinib, bu borada kelishuvga erishildi.
Shuningdek, GIZ tomonidan mualliflarga va Axborot-resurs markaziga yangi darslikning nusxalari topshirildi.