Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi va O‘zbekistondagi Global ekologik fondining Kichik grantlari ko‘magida “O‘zbekiston yoshlari - iqlim o‘zgarishiga qarshi” forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda Toshkent davlat yuridik universiteti sirtqi ta’lim va magistratura fakulteti talabasi S.Avazov, Ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassislari, universitet jamoasi ishtirok etdi.
Anjumanda yoshlar tengdoshlarining g‘oyalarini tinglab, soha mutaxassislari bilan ochiq muloqot qilish imokoniyatiga ega bo‘ldi.