Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Respublikamiz bo‘ylab “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” o‘tkazilmoqda

Ayni paytga qadar loyiha doirasida 112 ta manzilda tadbirlar tashkil etilib, ularda 17 ming nafarga yaqin fuqaro ishtirok etdi.

Aholi, ayniqsa, yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini chuqur tushuntirish, huquqiy savodxonlikni oshirish va huquqiy madaniyatni mustahkamlash maqsadida Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida o‘tkazilayotgan loyiha doirasida TDYU talabalari, magistrantlari va mas’ul xodimlari tomonidan hududlardagi adliya organlari bilan birgalikda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Tadbirlar davomida ishtirokchilarga Konstitutsiyamizning asosiy tamoyillari, undagi inson huquq va erkinliklariga oid normalarning hayotimizdagi o‘rni haqida ma’lumot berilmoqda.

Shuningdek, yoshlarning mavzuga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida interaktiv savol-javoblar, huquqiy ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan o‘yinlar, kichik guruhlar bilan ishlash mashg‘ulotlari ham o‘tkazilmoqda. Har bir tadbir yakunida faol ishtirokchilar Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan tayyorlangan maxsus esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanmoqda.

“Targ‘ibot poyezdi” davom etmoqda.

Hodisalar

Barcha e'lonlar