Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU hamda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Toshkent davlat yuridik universitetida “Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida anjuman tashkil etildi.

Olima ayollarning ilmiy tadqiqotlari natijalariga bag‘ishlangan tadbirda TDYU rektori, professor Baxshillo Xodjayev, “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor Nodira Egamberdiyeva, ikki muassasa vakillari, huquqshunos olimalar, professor-o‘qituvchilar, doktorant va magistrantlar ishtirok etdi.

Xotin-qizlarning ilm-fanga qiziqishini oshirish, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, kasbiy mahoratini yuksaltirish hamda gender tenglik va zo‘ravonlikdan himoya masalalariga oid ilmiy izlanishlar natijalari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan tadbir doirasida TDYU hamda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ishtirokchilar tomonidan mazkur hamkorlik oila institutini mustahkamlash, gender tenglikni huquqiy va institutsional jihatdan rivojlantirish hamda ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Anjuman davomida oila, xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik masalalariga oid ilmiy tadqiqotlar taqdim etilib, dolzarb muammolar, ularning huquqiy va ijtimoiy jihatlari hamda amaliy yechimlari keng muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir doirasida “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti olimlari hamda TDYU professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan “Gender indekslari”, “Oilalarda nizolarning oldini olishda keys menejment usuli”, “Oilada bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish” kabi ilmiy adabiyot va uslubiy qo‘llanmalar taqdimoti o‘tkazildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar