Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlari nomzodi Serikbek Muratayev Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan tanlovda g‘olib bo‘lib, AQSHdagi Sirakuz universiteti Maksvel fuqarolik va ommaviy ishlar maktabida qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tash imkoniyatini qo‘lga kiritgan edi.
Mazkur stajirovka doirasida Serikbek Muratayev AQSh ta’lim tizimi boshqaruvi samaradorligi baholanishining huquqiy asoslariga oid tadqiqot olib bordi.
Stajirovka yakunlariga ko‘ra, S.Muratayev AQSHning 1-raqamli “aqliy markazi”ning sertifikatiga ega bo‘ldi.