Toshkent davlat yuridik universiteti “Ommaviy huquq” fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi vakillari va TDYU professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Huquqshunos olimlar, tadqiqotchilar va talabalar o‘rtasida O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha ochiq muloqotni rivojlantirish, bu borada o‘zaro fikr almashish hamda tegishli ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ilgari surishga imkon berish maqsadida o‘tkazilgan ilmiy konferensiya davomida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar Konstitutsiyaviy komissiyaga taqdim qilindi.