O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan adliya organlari va muassasalariga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarayotgani, sohani rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi va samarali mehnati uchun Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi mudiri Maxmut Utemuratov hamda Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi mudiri Shuxrat Raxmanov O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi.
TDYU jamoasi hamkasblarimizni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etib, ularning kelgusi faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.