Toshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy huquq fakulteti talabalari uchun “New Institutional approach to the comparative study of politics” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Davlat xizmati moduli doirasida o‘tkazilgan mashg‘ulotni “Steppe Global Education” asoschisi va Yevrosiyo vakolatxonasi rahbari Dr. Joel M.Erikson olib bordi.
Mahorat darsi davomida amerikalik mutaxassis tomonidan mavzu yuzasidan foydali ma’lumotlar berilib, talabalarning savollariga javob qaytarildi.