Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligini amaliyotda qo‘llash masalalariga qaratilgan mahorat darsi tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotni Toshkent shahar soliq boshqarmasi Yuridik bo‘limi boshlig‘i Sa’dulla Nekov va Soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo‘limi katta inspektori Nodira Nizamxodjayeva olib bordi.

Soliq huquqi moduli doirasida o‘quv jarayoni va huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rtasida uzviy aloqani ta’minlash hamda amaliyotdagi qiziqarli muammoli holatlarni muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan mahorat darsida O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligini amaliyotda qo‘llash, bu borada yechimini kutayotgan muammolar, erishilgan yutuqlar bo‘yicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, mashg‘ulot doirasida ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq muammoli holatlar muhokama qilindi.

Yakunda talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojjat etdi hamda mashg‘ulotda faol ishtirok etganlar Soliq boshqarmasiga amaliyotga taklif etildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar